Erkinjon Turdimov Bulung‘urdagi qator mahallalarda bo‘ldi
Viloyat rahbari Bulung‘urdagi bir necha mahallada bo‘lib, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, ariqlarni qazish, hududlarni obodonlashtirish borasidagi ishlarning ahvoli bilan tanishdi.
Amir Temur nomli, Istiqlol, Mingchinor, Gulzor, Beshkuvi, Kichik Kildon, Sarqipchoq, Avliyo Parpi, Xo‘jamazgil, Niyozmat, Changal-1, Bulung‘urariq va Fozil Yo‘ldosh nomli mahalla fuqarolari bilan suhbatlarda ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, tomorqadan unumli foydalanish borasida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimi Olmazor mahallasida bo‘lib, Yangi O‘zbekiston massivida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi, kommunal sohadagi masalalarni muhokama qilib, zaruriy vazifalarni belgilab berdi.