Erkinjon Turdimov pastdarg‘omlik faol yoshlarni taqdirladi
- 26.05.2022 21:28
- 400
- Samarqand

Past Darg‘om tumani markazida joylashgan «Yangi O‘zbekiston» maydonida yoshlar festivali doirasida gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, ushbu festivalga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi, tuman yoshlarini tabrikladi.
- O‘tkazilayotgan ushbu festival tumandagi kelajagi bor yoshlar uchun, - dedi E.Turdimov. - Past Darg‘omda sportchilar, chempionlar va turli tanlovlar g‘oliblari ko‘p. O‘ylaymanki, bu yutuqlar bardavom bo‘ladi.
Shundan so‘ng festival doirasida o‘tkazilgan musobaqalar g‘oliblari va "Eng faol yoshlar yetakchisi", "Eng zukko kitobxon oila", "Eng faol hamkorlik qilgan hokim yordamchisi" hamda boshqa turli nominatsiyalar g‘oliblari hamda mehnati bilan jonbozlik ko‘rsatayotgan soha xodimlari taqdirlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tramp va Putin: Alyaskadagi uchrashuv qanday o‘tdi?
- 1 soat avval
- Xorij
Mustaqillikka 34 yil: Vatan va Vijdon
- 2 soat avval
- Ta’lim
Anjir qarishning oldini oladi
- Kecha, 19:39
- Salomatlik