Past Darg‘omda yoshlar festivali o‘tkazilmoqda
- 17.06.2023 20:57
- 32
- Samarqand
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi festival "Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam" shiori ostida yurish marafoni bilan boshlandi.
Tuman markazidagi yoshlar istirohat bog‘ida qator ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
- Tasviriy san’at yo‘nalishida o‘qiyman, - deydi 23-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5-sinf o‘quvchisi Sanobar Xo‘jaqulova. - Joriy yilning aprel oyida Rossiyaning Yalta shahrida o‘tkazilgan tasviriy san’at yo‘nalishida "Art-Qrim" xalqaro tanlovida ishtirok etib birinchi o‘rinni egalladim. 11 yoshimdan rasm chizib kelaman. Ustozim Gulnoza Amirovadan rasm chizish sirlarini o‘rganib kelyapman.
Bugungi festivalda rasm chizishga qiziqqan havaskor yoshlarga tasviriy san’at bo‘yicha mahoratimni namoyish etyapman.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 1 soat avval
- Mutolaa
Xotin-qizlar sportda bellashdi
- Bugun, 11:58
- Sport
Sudya va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
- Bugun, 11:51
- Samarqand