Yoshlar festivalida o‘quvchilar "Viloyat hokimi olimpiadasi"da qatnashdi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi viloyat yoshlar festivali doirasida oliy ta’lim muassasalarida umumta’lim muassasalarining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 14 ta fandan "Viloyat hokimi olimpiadasi" o‘tkazilmoqda.

Xususan, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida o‘quvchilar biologiya fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

— Bu kabi tadbirlar biz, yoshlarni yanada jipslashtirib, o‘z iqtidorimizni namoyish qilishga imkon beradi, - deydi Toyloq tumanidagi 30-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Marjona Qahhorova. – Jarayonda to‘plagan tajribamiz respublika va xalqaro olimpiadalarda asqotadi. Tashkilotchilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Shuningdek, universitetda “Munozara” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda. Uning g‘oliblari "Zakovat" bahsining keyingi bosqichlariga yo‘llanma oladi.