Ertaga havo sovishi kutilmoqda: Mart oyining so‘nggi kunlarida ob-havo ma’lumoti

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 29-30 mart kunlari respublika hududlarida havo harorati biroz pasayadi: -1 — +10 daraja atrofida. 31 mart kunidan boshlab esa kunlar asta-sekin qiziy boshlaydi.

29 mart Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shuningdek, ertaga respublikaning ko‘plab viloyatlarida kuchli shamol esadi. Shamol kuchayganda 18-23 m/s kuchga yetishi mumkin. Umuman olganda, 29-30 mart kunlari joylardagi ob-havo beqaror bo‘lishi kutilmoqda.