Yevropa Kengashi koronavirus tufayli favqulodda yig‘ilish chaqirmoqda
- 23.10.2020 13:57
- 117
- Xorij
Yevropa Kengashi (YeK) rahbari Sharl Mishel koronavirus tarqalishi sababli favqulodda yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda u o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Siyosatchi barcha Yevropa rahbarlarini 29 oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan norasmiy videomuloqotga chaqirdi.
“Koronavirusga qarshi kurashish uchun jamoaviy harakatlarimizni kuchaytirishimiz kerak”, deya izoh berdi Mishel.
Bir muddat ilgari Yevropa davlatlari orasida birinchi bo‘lib Ispaniyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bir milliondan oshganligi ma’lum qilindi. Ushbu ko‘rsatkich bilan Ispaniya fuqarolari orasida infeksiya bilan eng ko‘p kasallangan davlatlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.