"Ezgulik albatta qaytadi"
Ayni kunlarda viloyatimiz bo‘ylab ushbu shior ostida "Men donorman!" aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Aksiya doirasida aholining ixtiyoriy ravishda qon topshirishlarini rag‘batlantirish uchun joylarda tadbirlar tashkil etilyapti. Bu tadbirlarda donorlikning inson salomatligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan beg‘araz yordami ekani, qon topshirish turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qon almashtirishga muhtoj bemorlarning hayotga qaytishlariga yordam berishi haqida tushuntirilmoqda.
Donorlik aksiyasi davomida shifokorlar, harbiylar, o‘qituvchi va talabalar qon topshirdi. Xususan, Paxtachi tumani markaziy shifoxonasining 6 nafar, Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining 21 nafar va Samarqand davlat tibbiyot universitetining 18 nafar xodim, o‘qituvchi va talabalari ko‘ngilli ravishda beg‘araz qon topshirdi.
D.Ahmedova,
viloyat qon quyish markazi shifkori.