Fan olimpiadasida samarqandlik uch nafar o‘quvchi g‘olib bo‘ldi
11-sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning tarix, geografiya, ona tili, adabiyot, tojik tili va o‘zbek tili fanlaridan respublika bosqichi Samarqand shahrida o‘tkazildi. Unda respublikamizning 14 hududidan 195 nafar 11-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi.
Fan olimpiadasining respublika bosqichida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUM o‘quvchisi Sevara Jahongirova ona tili va adabiyot fanidan birinchi o‘rinni, Samarqand shahar 51-IDUM o‘quvchisi Dilshod Davronov nemis tili fanidan ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, SamISI akademik litseyi o‘quvchisi Iroda Bahromova o‘zbek tili fanidan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti kabi fanlardan respublika fan olimpiadasi 8-11 iyun kunlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi. Maxsus maktablar uchun matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi.