Fan oyliklari o‘quvchilarning qobiliyatini sinaydi

O‘quvchilarga darsliklardan tashqari qo‘shimcha bilim berish, ularning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish malakasini hosil qilish maqsadida maktablarda fan oyliklari o‘tkazib kelinadi.

Samarqand shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘zbek tili va adabiyoti fanlari oyligi doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tdi. “Til – millat faxri”, “Ona tilim – jonu dilim”, “O‘zbek tili – do‘stlik tili” mavzularida ochiq darslar, insholar tanlovi o‘tkazildi. O‘quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida test, diktantlar olindi. Shuningdek, muzeylarga sayohatlar uyushtirildi.

“Kim ko‘p she’r biladi?”, “Kimning xati chiroyli?” mavzusidagi tanlovlarda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.

Dilafro‘z ERNAZAROVA.