Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Farg‘onada 4 metrli Yangi yil archasi yonib ketdi

Farg‘onada yonib ketgan archa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Joriy yilning 23 dekabr kuni soat 13:26 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori kirish eshigi qarshisida o‘rnatilayotgan sun’iy 4 metrli archa yonayotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan, deb xabar berdi viloyat FVB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgan joyga soat 13:27 da chiqib, soat 13:30da yetib borilgan. Yong‘in soat 13:31 da o‘rab olinib, soat 13:33 da o‘chirilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbari chiqqan. Yong‘inga 1 ta YoQElari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida hech qanday talafot va fuqarolarning jabrlanish holatlari qayd etilmadi.

Farg‘ona viloyati hokimligi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aholi hamda korxona, tashkilot va muassasa rahbarlaridan tegishli idoralar bilan kelishilmagan holda yangi yil archalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatmaslikni so‘ragan.