Faryodi Turkiston
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Vaqt” gazetasida hijriy 1335 yil, muharram oyining 10-kuni bosilgan “Faryodi Turkiston” maqola-o‘ylarini o‘qigan har bir ziyoli, amaldor chuqur o‘yga toladi, xalqimiz qanday azob iskanjasidan qutulganiga ishonch hosil qiladi, mavlono Behbudiyga o‘xshab millatimiz istiqboli haqida teran mushohadalar yuritadi, degan umiddamiz.
(Sirojiddin AHMAD, Tarix va taqdir)
Bizim Turkiston muzofoti ushbu Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo, Yettisuv (Semirechinsk), Movaroubahri hazar (Zakaspiysk) isminda besh oblastdan iborat bo‘lub, olti million nufusi islomiyani shomilidur.
Keyingi (so‘ngg‘i) ikki viloyatdan maodalarinda hatti har bir uyezdni shaharlarinda beshdan yigirma-o‘ttuz qadar qadimiy buyuk madrasalar bordirki, bunlardan ba’zisining misli balki Osiyo qit’asinda o‘lunmaz, Osiyoi vusto baladlarining shoyon ibrat va tamoshoi ayniya azimalari: madrasa, masjid va jome’lardan iboratdur. Ikki-uch asr o‘lmish xavonini atrok (rahmatulloh) vor qutlari, ya’ni binoi madoris va javome’a sarf etibdurlarki, bu kungi imperaturlarning saroylarindan oliy madrasa va masjidlar to barchalari kabi dorululumi va baqoati xayriyalar bunga shohiddur.
Yuz minglar ila so‘m baholiq arsa va yerlarni bu madrasalarga vaqf ham qilmishlardur. Zotan, Turkiston amir va xonlari o‘z ilm fiyhiylarina mutanosib aqcha va xidmatlarini din va millat yo‘linda xalqulloh manfaatina sarf etarga hisoblanadurlar. Hozirgi amiri ravshan zamir Buxoro jolis va sohibi taxti temuriy al-sayyid Abdulahadxon hazratlarining Rusiya musulmonlari poytaxtlari masjidina etmish himmatlari bu davvomizni isbotina kofiydur.
Kelalim kayfiyati tahsila: Turkistonda madrasalar maktablardan ayridir. Madrasalarda turki va forsi o‘qulmay, faqat arabiy lug‘at ila tahsili ilm qilnur. Madrasalarda birdan to‘rtgacha mudarrislar bo‘lur. Ushbu mudarrislar sarf, nahv, mantiq, kalom, fiqh, hikmati qadima va ba’zi usul ilmlarini ta’lim edarlar. Ammo tafsir va hadis ma’on va bayon, aruz va hisob, handasa va jug‘rofiya kabi ilm va fanlardan dars yo‘qdir. Holbuki madrasa boniylari va vuquf etuvchilar madrasalarinda ulumi shar’iya va fununi lozimadan talabaga ta’lim verilmasini shart edub buningla mudarrislarni madyun etmishlardir. Amro‘ va xavonini oyata ushbu shartlara murojaat etsunlar deya vasiyati shar’i suvarinda amr aylamishlardir. Madrasalarning ulum va funun shar’iya va zamoniyada olim va mohir o‘lmoqlarida shart etmishlardir. Bu vaqfnomalarimiz har bir viloyat mahkamalarinda hukumat alinda bu kunda ham mahfuzdur.
Rusiya tag‘obindan muqaddam bizim madrasalarimizni nasab tariqi, isboti istixqof va ulamolarning darslarni imtihoni sho‘yla ekan, sibyon xat va savod chiqordiqlari ba’dinda sarf va nahv, digar tarafdanda fiqhda “Muxtasar al-viqoya” va ondan so‘ng “Hidoya”ni o‘qub fiqhga mahorat hosil etgondan so‘ng Buxoro qozi kaloni huzurinda “Hidoya”dan imtihon veradir. Bo‘yla talabalarning har birina sinovi 120 Buxoro tangasi (19 so‘m) “dahyak” ismli vaqfdan verilur.
Yigirma sana muqaddam bu 120 tanga hozirgi 50 so‘mdan barakotli edi. Zero, u churzoq edi, birar mansabg‘a molik o‘ldig‘ina va umrining oxirina qadar ushbu vazifasi verilub turar edi. Buyuk mansablara noil o‘lg‘ondan so‘ngra ushbu dahyak hamisha verilur edi. Ushbu dahyak haqinda o‘lan manshur (yorliq) talaba alinda o‘lurki, kundalik sohibi mutolaai arabiya va fiqhiya mahorati o‘ldig‘ina manoshohid tonimadur. Yuqorida mazkur ilmlarni ushbu talabalar yigirma yil muddat o‘qib, xatm qilalar. Sobiq Buxoro va Samarqand madrasalarinda xatmi kutub qiluvchi har bir talabaning amvoli qozi kalon hatti hazrat amirg‘a ma’lum o‘lub, maxsus daftarg‘a yozilur ekan. Bu xatmkarda mullolar, Buxoro va yo Turkistonda o‘zga shaharlarda o‘lan madrasalarda ta’lim va tadrisin ustinda hozir o‘lub bir-ikki sana dars shunlik va xususiy darslar ila mashg‘ul o‘lurlar. Talabalar bu xatmi kardalar huzurinda maxsus darslar o‘qurg‘a boshlarlar, bu rashid mullolarda o‘z mahorat ilmiyalarini bilfe’l isbot aylar va shuhrat toparlar. Qozi kalon va hukom qulog‘ina yetar. Talabalarda bunlarning martabalarini tayin va mujarriba ila taqdir etarlar. Ba’d mansab talab edub teyushli mahallarga arz edarlar. Qozi kalon huzurinda yanadan kitob o‘qub holi o‘lan mansoba va matlubina erishur. Ba’zan bir qoch rashid mullolar bo‘sh mansoba hujum edarlar, bunlar uchun mumayyizlar tayinlanub “Ijlos” qurulur. Bir maydoni munozara va musobaqadur, ochilur. Kimning ilmi ziyodadir, bilfe’l isbot edub haq va uluviyatni ko‘starub mansaba mustahiq o‘lur. So‘ngrada tadrija vazifasi ziyoda va rutbasi tarfe’ o‘lnur. Sho‘yla kishilardan qozi, mufti, a’lam, mudarris va muxtasablar o‘lurlar. Xavonini moziya zamoninda muqarrar vaqf vazifalarindan maoda bunlar sanaviy maosh va xulqlar hamda sudur, naqib, shayxulislom laqablar verilur ekan. Mazkur laqab ahillarina xazina hisobidan sanaviy aqcha va yo g‘alla (pensiya) va yo taqoada o‘xshash maosh tayin edilinur ekan. Imom, maktabdor va muazzin amsoli ruhoniy va ilmiy xodimlar sho‘yla qozi va mumayyizlar royi ila nasab qilnurlar ekan. Bo‘yla nasab edilmish ruhoniy va ilmiy xodimlar yoki qozi va muftilardan, hatti o‘ndan birining nomunosib kishi o‘lmasi nodir o‘lur ekan. Muxtasib va qozi doim barcha masjidlarni mashohid edub nomunosib ruhoniylari yuqori mahkama, qozi kalon va hokimlarga bildirub turar ekan. Bo‘yla oliy kishilarning mahalla ahlig‘a o‘lan va’z va nasihatlari tabiiy ta’sir edar emish. Mahalla va qaryalardagi g‘ayri mashru’ hodisalar imom va mudarrislar tarafindan qozi va hokimlara lafzan va kitobat arz qilnub turulur ekan.
Bir vaqt Turkiston Rusiya hukumatina tobe’ o‘lur, rus ma’murlari har na vasila ila o‘lsa-da, o‘lsun xoh olim va xoh johil, hatti savodsiz odamlar o‘lsun qozi edub nasab edarlar. Johillar hech istisnosiz olimlar po‘stina kecharlar aqim fikr, saqim roy’lar va rus ma’murlarining prikazlari shariat hukmina havola edar. Bir nachalnik vasototi va amri ila har nasl nomashru’ hokimlar, qozilar tarafindan voqe’ o‘lur; ul zamon rusiya ma’murlarina faqat sajdagina qilinmaydur. Ammo Turkistonda bosh kishilar olarga sajda qilmoqni fazilat bilgonlar... ammo va ruho ham xalqan tadanniy va tanazzul hamda fasodi axloq davrasi shu nuqtadan boshlanur.
Turkiston zabti va rabti uchun vaz’i o‘lunmush nizom, zohirda xalqlarg‘a juz’iy saylov ixtyori verar, ammo haqiqat busbutun boshqadir. Turkiston xalqi o‘z qozi, mudarris va imom, oqsoqollarini o‘zlari saylarlar, ammo munosib va mustahiq xizmat kishilari saylanuvg‘a hech bir turli qayd va istisno bu qadar podsud o‘lmag‘an. Har 25 yoshina yetganlar yerli qozilarni, zulsanoviylarni va o‘zga mansab ahllarini saylarg‘a mumkindir. Saylanmish kishilarni mustahkam qilish va saylovni a’oda uchun amr berish haqinda rus ma’murlari nizoma haqlidirlarki, qiyofatlari onlarg‘a muvofiq ko‘rilmadiginda saylov istinof o‘lur. Ushbu tadbir ila barcha ilmiy ruhoniy ham milliy ma’murlar chinovniklarga asir o‘lurlar. Qayu soatga to‘ralarga asir o‘lurlar, qayu soatga to‘ralarga harakati va qiyofati ma’qul ko‘runmaz, o‘shal on azl o‘lnur.
Ba’zi bir ma’murlar bizim milliy mansabdorlarimiz bo‘yunlarina hatti it(ko‘pak)larini tirilay osarlar, onlari oldina solub chopuv va bo‘ynina it haydarlar. Bu vahshat bizim Samarqand oblastinda voqe’ bo‘linmishdir. Ish bo‘yla ekan, chinovniklarning rizosi shariat va xalq rizoliqindan muqaddam o‘lur. Saylovg‘a kirmazdan ilk har kas ul chinovnikdan o‘zini saylaturg‘a oning izn fotihasin olurg‘a majbur o‘lur va olihin mavta ango tobe’ qolur. Bu kungacha bo‘yla va illatlar bizdan ko‘tarilmadi.
Shul tariqa ila ulamodan anjiq avvalgi holning aksi o‘lub, bu kun Turkistonda olim qozi, mustahiq mufti munosib va muqtadir mudarris va xudomadin avalgi hol ila ma’kusa muqossibdur. Al on Turkistonda al on dorul qazolarg‘a qozi, kimni mufti ta’yin qilsa ul mufti o‘lur. (Turkistonda qozi buyuk va mufti kichikdir.) Ilm bilgu shart emas. (Bu mufti xizmati va vazifalari ham harakoti to‘g‘risinda oyricha yozilur.)
Ban roqimi xuruf sho‘yla nomunosib “mufti dorul qazo” to‘g‘risi “muxti”lardanam. Turkistonda har bir qozi huzurinda birdan to‘rtg‘a qadar mufti bo‘ladur.
Madrasalarga kelancha: bunlarning toriq mansubiyatlari nihoyat jonso‘zdur. Sho‘ylaki: mudarris va qozi o‘lmoq istasa o‘zining o‘g‘li yo o‘zina tobe’ va qaryib bir kishini xoin mutavalliga ma’qul qildirub, 25 nodon talabadan mudarrisligina prigovor qildiradur, salohiyat ila aslo malxuz emas. So‘ngra musulmonchadan xabarsiz o‘lan inspektor tarafindan mudarris o‘lub tasdiq edilur. Ba’zan dono(olim) talabalar muxolifat esalar favran mudarris va mutavalli tarafindan tard o‘lnurlar, mudarris dars va ta’lim versa-vermasa ixtiyor o‘zindadir, Olloh Taoliydan boshqa nozir yo‘qdir.
Hozirunda bizim Turkistonda qozi va mufti, mudarris va muallim, imom va muazzin ham xatiblar uchun hech imtihon yo‘qdir. Shul jihatdin aksar maktabdorlarning xatolari, muazzinlarning savodlari, imomlarning qiroatlari, mudarrislarning mutoalalari yo‘qdir. Bu so‘zlar mubolag‘a emas, haqiqatdir. Turkistonda bir katta salla va bir a’lo xil’at jami 15 so‘m masorif ila nihoyat katta bir olim sifatina hoiz o‘lurlar. Ammo qoziliq uchun 2000 so‘m va mudarrislar uchun 200 so‘m qadar aqcha kerak. Boshqa ruhoniy va ilmiy mansab va xizmatlar vosita va tasmiya hamtamliq ila o‘lur. Bir narsa bilmak shart emas.
Bir madrasaga 20 talaba prigovoriy ila bir noahil mudarris saylanur, bir volostda 40 nafar el boshlarindan 21 nafarining sadosi ila bir johil qozi saylanur va Rusiya ma’murlarina na-da, ma’qul o‘lur. Bir ming faqirning raddu mudohilasi mu’tabar o‘lmas va so‘zlari eshitilmaz.
Ishta bizim Turkiston shaharlarining bu kungi qozi, mufti va mudarris ham imom va o‘zga ruhoniylarining salosoni, sahro va qaryada o‘lanlarining o‘ndan to‘qqizi sho‘yla nomunosib kishilar din iboratdur.
Bu hollarni arz etmak uchun biza bir marji’ yo‘q, rais diniy yo‘q, muftiy yo‘q. Hukumatg‘a arz qilinsa, mazkur prigovor ila Turkiston polojeniyesi hujjat voqea qaytarir.
O‘zimizda ilm va insof yo‘q. Har kim o‘z manfaati shaxsiyasi ortinda va o‘zi uchun har na desa fahmlamoqni amalga kirgizarga tayyordur. Hanuz millatga g‘amxo‘rliq bizim Turkistonda uyonmamishdir. Ulum va fununi jadida, sanoyi nafisada rusiya maktab va dorulfununlarinda tamadduni zamoniy va siyosati hoziradan istifoda etmak, minal soira kabi taraqqiy tolibi o‘lmoq orzusi yuzmingdan bir kishi ko‘nglinda yo‘qdir. Nizomi hozir esa bizim hozirgi nuqtalarimizdan-da, tadanniy va tanazzulimizg‘a xodimdir. Ma’z Olloh besh-o‘n sana bo‘yla kechirsa ilm va fazl bobinda, Sibiriya va bahri munjamidi shimoliy kanorinda o‘lan vahshiylar zumrasina kirmagimiz tabiiydir. Oh jaholat va oh, Faryod!
Ey moshiri rasvoyi Islomi Rusiya! Voy Rusiya musulmonlari ittifoqi ahli! Voy duma a’zolari! Ey munsaf rijoli hukumat va taraqqiyparvar rus vatandoshlarimiz! Bizim bu ahvolimiz siza ma’lum o‘lg‘ay. Madrasa, jome’ va dorulqazolarimiz busbutun xarobdir! Vubolimiz sizlara ortisa sazodir! Maktab, madrasa va jome’larimizning avnofi hukumat tarafindan zabt o‘ldig‘indan biri bizim diniy, ilmiy maishatimizg‘a tadanniy va tanazzul voqea o‘ldi. Tadbiroti nizomiyasi bizni har daqiqada tarafi va vahshata savq aylar.
Koshki biz sartlar totor yoki siz totorlar sart o‘la edingiz! Chunki bu kunda sizda ilm va intiboh biza nisbatla ziyoda. Ammo sizda bizim qozi va mufattishlarimizning hukmi yo‘q. Turkiston qozilari milyon so‘mlarni birovning naf’i yo zararina hukm qilsa, yoki birovni bir yarim sana hibs va yoki 300 so‘m ishtrafg‘a mahkum etsa yo zavjit, varasat, usubat va oila hamma lagit ishlarinda har na sahih hukm qilsalar nizoma o‘rnina kelur. Totorbuslar kabi barcha vasiqa va shartnomalarni yozub, tasdiq etadurlar. Haqiqat ayb biz musulmonlarg‘adurki din, millat va Qur’oni sharifni rioyat etmak oz qolg‘ondur. Volo Turkistong‘a verilgan imtiyoz va ixtiyor na Ovrupoyi Rusiya va na Qofqaz musulmonlarina verilgani yo‘qdir. Bizim qozi, mufti va milliy amromizda sizning kabi ilm va intiboh yo‘q. Demak, bizda asbob vor, haqqila iste’molindan ojizmiz, sizda raoyat va ilm vor, ammo asbob va ixtiyor yo‘qdur. Aningchun deyuram kim:
– Ey koshki biz – siz, yo siz – biz o‘la eduk.
Samarqandiy mufti dorulqazo
al hoj Mahmudxo‘ja valadi Behbudxo‘ja, xatib.
Samarqand.
Maqolani Sirojiddin AHMAD nashrga tayyorladi.