Farzandingiz tarbiyasiga bee’tibor bo‘lmang!
Ayrim ota-onalar "Farzandimni moddiy ta’minlayapman, bo‘ldi-da", deya boshlarini tirikchilik tashvishlaridan biroz xoli tutmay, ular qanday o‘qiyapti, kimlar bilan do‘stlashyapti, qiziqib ko‘rmayaptilar.
Hatto ayrim oilalarda tirikchilik g‘amida otalar kunlab, haftalab, ba’zan xorijda ishlashlari natijasida hatto yillab uyda bo‘lmasligi kuzatilyapti. Oqibatda nosog‘lom oilada o‘sgan ayrim voyaga yetmaganlar o‘ziga ishonchi past, agressiv, nazoratsiz bo‘lib voyaga yetyapti. Bunga faoliyatimiz davomida guvoh bo‘lyapmiz.
Istardikki, bu haqda ayrim ota-onalar do‘ppini boshdan olib, kengroq o‘ylab ko‘rishlari kerak. Biz farzandlarimiz aslo ko‘cha bolasi bo‘lishini yoki "Huquqbuzar", degan tamg‘ani olishini istamaymiz.
Otabek Salixov,
Samarqand viloyati IIB huzuridagi TB O‘MIB tergovchisi.