Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi
- 30.07.2019 16:55
- 173
- Jamiyat
“Effekt Makarenko” telegram kanalida e’lon qilingan videoda “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan. Ushbu holatni Toshkent shahar IIBB o‘rgandi.
"Haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli Nafisa B. boshqarib borgan bo‘lsa, oynada o‘tirgan qiz uning 9 yoshli farzandi bo‘lgan", - deyilgan boshqarma xabarida.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan bo‘lib, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 44 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand