Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi: 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling

Favqulodda vaziyatlar vazirligi jaziramadan saqlanish qoidalari va oftob urganda nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi:

  • Tamaki mahsulotlarini chekishni, alkogol ichimliklarini ichishni, kuchli jismoniy mehnat qilishni va ovqat iste’mol qilinishini kamaytirish lozim.
  • Oldindan ichimlik suvi zaxiralarini yarating. Issiq obhavoga mos kiyim-kechak, ventilyator, konditsionerlarni tayyorlab qo‘ying. Dalada bo‘lsangiz, chodir (chayla, kapa) hamda quduqlar ko‘rib qo‘ying. Iloji boricha elektr uskunalar ishlashi uchun avtonom elektr manbaini sotib oling. Ichimlik suvini tejab ishlating. O‘zingiz va oila a’zolaringizni issiq (oftob) urganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgating.
  • Issiq havo ta’siridan saqlaning. Och (oq) rangdagi xavo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyimkechak va bosh kiyim kiyb yuring. Esda tuting, kuygan teri terlamaydi va sovumaydi. Ko‘chada shoshmay yuring, ko‘proq soyada bo‘lishga xarakat qiling.
  • Ko‘proq suyuqlik (suv) iste’mol qilish. Suyuqlikni (suvni) to‘g‘ri iste’mol qilish rejimi organizmni yaxshi faoliyat qilishiga sharoit yaratadi. Issiq obhavo paytida iste’mol qilinadigan suv miqdorini ko‘paytirish lozim. Bunda shirali ichimlik yoki shirin gazlangan ichimlik o‘rninga oddiy suv bilan organizmdagi suv tanqisligini bartaraf etish kerak. Pivo yoki boshqa alkogol ichimliklar iste’mol qilmang, bu organizmni umumiy holatini yomonlashishiga olib keladi. Issiq obhavo paytida soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka xarakat qiling, ayniqsa ochiq quyosh tagida yurmang. O‘zingizni va ishngizni shunday rejalashtirinki bu oraliqda siz uyda yoki ish xonada bo‘ling.
  • Iloji boricha ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam tozalanish terini yanada samarali nafas olishiga ko‘mak beradi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Muzday suvda sovushga intilish, haroratning birdaniga almashishi zotiljam kasalligiga qisqa yo‘ldir.
  • Issiq (oftob) urganda soyaga yoki shabboda bor joyga o‘ting, dush qabul qiling va asta sekin ko‘p miqdorda suv iching. Issiq (oftob, kun) urishini oldini olish maqsadida o‘z tanangizni sovutishga xarakat qiling.
  • Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibini o‘zgartishga xarakat qiling. Issiq ob-havo paytida e’tiboringizni sovuq ovqatlar iste’mol qilishga qarating. Meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ovqatlarni albatda tuz bilan iste’mol qiling. Chunki issiq obhavo paytida inson ko‘p terlaydi va shu bilan birga natriy tuzini ko‘p yo‘qotadi.
  • Sintetik matolardan tayyorlangan kiyimkechaklar kiymaslimkka harakat qiling. Issiq obhavo paytida paxtadan tayyorlangan kiyim-kechak tanlash darkor. Kepka, panama yoki shlyapa kiyishdan uyalmang. Issiq (oftob) urishi ko‘pincha insonlarning boshi qizib ketishidan yuz beradi.
  • Konditsioner shamolida o‘tirmang. Odatda konditsionerlarda ko‘plab bakteriyalar bo‘ladi, ularning sovuq havo bilan ta’siri surunkali bronxit va zotiljam kasalliklarini kuchayishiga sabab bo‘ladi.
  • Tana haroratini pasaytirishga sovuq suvga oyoq va ko‘llarni botirish yo‘li bilan erishish mumkin. Issiq (oftob) urishi alomatlari (umumiy xolsizlik, bosh og‘rishi, yuz rangini o‘chishi (oqarib) yoki qizarib ketishi, pulsning me’yorida emasligi) paydo bo‘lganda muntazam ozozdan (80100 ml) suv iste’mol qilish kerak, bunda suvni iloji boricha uzoqroq og‘izda ushlab keyin ichish kerak, tanani tezda sovutish (soyaga, shaboda bor joyga o‘tish, dush qabul qilish) kerak.