Fermerlarga majburan tilxat yozdirilgan
- 11.09.2020 21:25
- 345
- Jamiyat
Ma’lumotlaga ko‘ra, Oqdaryo tumanidagi “Bolta g‘allasi” va “Tevachik Chovka Oqdaryo” fermer xo‘jaliklari boshliqlari “Samgold” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 3700 kilogramdan 25 million 655 ming so‘mlik kartoshka urug‘ini majburlikdan olib, katta qarzdorga aylangan.
Dehqonlar urug‘ni eskirgan, uni ekib ham, iste’mol qilib ham bo‘lmaydi, deb aytganda tuman mas’ullari “urug‘ni ko‘rdim, sifati yaxshi” deya tilxat yozdirib olishgan ekan. Buning ustiga 3 gektarda pomidor yetishtirish uchun 30 million so‘m sarf qilgan xo‘jaliklar hosilning bir kilogrami uchun 700 so‘mdan shartnoma tuzishgan. Ammo o‘z holicha pomidor olib kelayotgan xo‘jaliklar mahsulotning kilogramini 500-600 so‘mdan sotishga majbur bo‘layotganini, shunda ham zavod oldida 3 kunlab navbat kutishayotganini bildirishdi. Bu alohida mavzu. Yana xo‘jaliklarga sifatsiz kartoshka urug‘ining tarqatilishi fermerlarni xonavayron qilayotganini bildirishdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa