Festivalda imkoniyati cheklangan yoshlar ham ishtirok etmoqda
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar festivali-2021” doirasidagi tadbirlarda jismoniy imkoniyati cheklangan yigit-qizlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishlog‘ida nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 40 nafarga yaqin 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etmoqda.
- 15 yildan buyon sportning shaxmat turi bilan shug‘ullanib kelaman, - deydi Oqdaryo tumanida yashovchi 1-guruh nogironi Akbar Ibragimov. - Ko‘pgina musobaqada ishtirok etib, g‘olib bo‘lganman. Shaxmat aqlni charxlaydi. Jismoniy imkoniyatim cheklangan bo‘lsa-da, xotiram yaxshi, katta she’rlarni 2-3 o‘qishda yodlab olaman.
Tadbirda shuningdek, xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nurullayev ishtirok etdi.
Dildora MUHAMMADIYeVA,
Baxtiyor MUSTANOV (foto).