Filialda yangi jarrohlik amaliyoti bajarildi

Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarkand filialiga Turkiyadan jahon darajasidagi mutaxassis, “Medicana Hospitals Group Istanbul Atakoy Hospital” professori Ozgur Klichekmez keldi.
Professor bir qator bemorlarda qalqonsimon bezda mikroto‘lqinli ablyasiya amaliyoti bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi va bu borada filial jarrohlariga mahorat darsi o‘tdi.
Mazkur operatsiya ayni paytda dunyodagi yetakchi klinikalarda qo‘llanilayotgan yangi, samarali va xavfsiz amaliyot bo‘lib, choksiz, narkozsiz amalga oshiriladi va bemor tez tiklanadi.
Filial mutaxassislarining qayd etishicha, amaliyot o‘tkazilgan bemorlar o‘zini yaxshi his qilmoqda va operatsiyadan so‘ng qisqa fursatda odatiy turmush tarziga qaytgan.