Korxonangizda o‘rnatilgan texnologiyalar ekologiyaga zarar yetkazmayaptimi?

Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Viloyati ekologiya boshqarmasida "Ekologik me’yorlarga moslashtirish hamda zamonaviy filtrlarni o‘rnatish" mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda prokuratura, “O‘zsanoatqurilishmateriallar” uyushmasi, Ekologiya vazirligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” mas’ullari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda ekolog mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga ekologik me’yorlarga amal qilmaslikning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etishda zamonaviy filtrlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, respublikamizda chang-gaz tutish uskunalarini loyihalash, ishlab chiqarish hamda o‘rnatib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi pudrat korxonalari o‘z namoyishlari bilan ishtirok etib, tadbirkorlarga sohaga oid tavsiyalar berib o‘tishdi.