Fransiya kompaniyalari Samarqanddagi qaysi loyihalarga sarmoya kiritgan?

Samarqand shahri bilan Fransiyaning Lion shaharlari o‘rtasida 1998 yildan buyon birodarlik aloqalari o‘rnatilgan.

Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda viloyatda Fransiya kompaniyalarining kapitali ishtirokida bitta qo‘shma korxona – “LOUIS-SATTOR” MChJ Samarqand shahrida (mehmonxona xizmati) faoliyat yuritib kelmoqda.

Bundan tashqari, 2021 yilda viloyatimiz hamda Fransiya davlati o‘rtasida tovar aylanmasi 8,3 million AQSh dollaridan ortdi. Shundan 26,1 ming AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, qariyb 8,3 million AQSh dollarlik tovar import qilingan. 

2022 yilning yanvar-oktyabr oylari davomida Fransiyadan 8,2 million AQSh dollarilik mahsulot importi amalga oshirildi. 

Qolaversa, Fransiya Taraqqiyot Agenligi (Agence Frangaise de Développement, AFD) ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 37,167 million yevro (45,018 million dollar)ni tashkil etib, loyiha doirasida bugunga qadar 9,611 million yevro (11,640 million dollar) miqdorida mablag‘ o‘zlashtirilgan.

Mazkur loyiha 2024 yilga foydalanishga qabul qilinadi.