Fransiyadagi tartibga ko‘ra, maktab direktori oilasi bilan muassasa hovlisiga ko‘chib kelib yashashi kerak
- 11.12.2020 19:20
- 139
- Xorij
Rossiyada maktab direktorlarini saylash g‘oyasi paydo bo‘ldi. Ammo buning hozircha iloji yo‘q ekan. Negaki, 95 % maktablar ta’sischilar mablag‘i hisobiga ta’minlanadi. Direktorni ta’sischilar tayinlaydi, unga maosh belgilaydi. Ta’sischilik an’anasi Rossiyada nemis tartiblaridan olingan.
Buyuk Britaniyada maktab direktori homiylari va jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladigan saylov yo‘li bilan tayinlanadi. Fransiyada direktor tayinlash juda qat’iy tayinlangan direktor oilasi bilan maktab hovlisiga ko‘chib kelib yashashi kerak. Ana shu tarzda o‘quvchilar va ularning ota-onalari direktorning ma’naviy qiyofasini nazorat qilishadi.
«AiF» (2020 y 47-son)dan T.ShOMURODOV tayyorladi.