Fransiya universitetlari dekadasi samarqandlik olim va talabalarga nima berdi?

Maktabgacha ta’lim fakultetida dekadaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Fransiya elchixonasi xodimi Aleksandr Sastrning Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi eng faol qo‘shma korxonalar va ularning faoliyatiga doir taqdimoti iqtisod va biznes fakulteti talabalari uchun ayni muddao bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirlar doirasida fransuz tilini o‘rganayotgan talaba va magistrlar uchun CEFR bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, yaxshi natija ko‘rsatgan talaba va magistrlar rag‘batlantirildi.
Tadbir yakuniga ko‘ra, ta’limning magistratura va doktorantura bosqichlari bo‘yicha universitet talabalarining Fransiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi, 2019 yilgi yozgi ta’tilda Fransiyada tashkil qilinadigan “Yozgi maktab”larga samarqandlik yoshlarni yuborish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Zarifa EShMURODOVA.