Fukusimadagi atom elektrostansiyasida radioaktiv suv chiqayotgani aniqlandi
Bu haqda Ria Novosti TEPCO (Tokyo Electric Power Company) manbasiga asoslanib xabar berdi.
TEPCO mutaxassislari Yaponiyaning shimoli-sharqidagi zilzila tufayli «Fukusima-1» va «Fukusima-2» AESlarining turli bloklarida ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash uchun hovuzlardan oz miqdorda radioaktiv suv chiqqanligini aniqlashdi.
Kompaniya vakillarining aytishicha, «Fukusima-2» AESning birinchi energiya blokiga 160 millilitrga yaqin suv oqib tushgan va yana 1,4 litri boshqa hovuzdan to‘kilgan. Ular ushbu hodisa ishlangan yoqilg‘ining sovushiga ta’sir qilmasligiga ishontirdi. Shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalari «Fukusima-1» favqulodda atom elektr stansiyasining beshinchi energiya blokida 600 millilitr suv, oltinchisida 1,6 litr suyuqlik to‘kilganligini xabar qildi. Ikki energiya bloki uchun umumiy hovuzda yana 600 millilitr kamayganligi aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, to‘kilgan radioaktiv suv atrof-muhit uchun xavf tug‘dirmaydi. Chunki uning miqdori juda kichik va undagi radioaktiv moddalar miqdori xavfsiz, deyilmoqda ma’lumotda.