Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan jinoiy guruh a’zosi ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolarni aylanma yo‘llar bilan AQShga noqonuniy yuborayotgan jinoiy guruh a’zolaridan biri qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahrida yashovchi M.F. fuqarolarni noqonuniy yo‘llar orqali AQShga yuborish bilan shug‘ullangan. U navbatdagi “mijozi” – samarqandlik fuqaroni AQShga yuborish uchun 15.000 AQSh dollari so‘ragan. Tezkor tadbir chog‘ida M.F. ushbu puldan 3.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.