Futbol, "Yevro-2024": Bugun nimchorak final o‘yinlari boshlanadi

Futbol bo‘yicha Germaniya yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati bahslarining pley-off o‘yinlari bugun, 29 iyundan boshlanadi. Kun davomida muxlislar 2 ta o‘yinni tomosha qiladi. 

Mazkur bosqichda “A” guruhida 2-o‘rinni egallagan Shveysariya terma jamoasi “B” guruhida 2-o‘rinni band etgan Italiya terma jamoasi bilan bahs olib borsa, mezbon Germaniya “C” guruhida 2-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqqan Daniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Shveysariya-Italiya o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da, Germaniya-Daniya uchrashuvi soat 23:59 da start oladi. Shveysariya-Italiya juftligi g‘olibi chorak finalda Angliya-Slovakiya bahsida yutgan terma jamoa bilan to‘qnash keladi. Germaniya-Daniya bahsi g‘olibi esa keyingi bosqichda Ispaniya-Gruziya qarama-qarshiligida zafar quchgan terma bilan bahs olib boradi.

Nimchorak final juftliklari

29 iyun, shanba

21:00  Shveysariya —  Italiya

23:59  Germaniya —  Daniya

30 iyun, yakshanba

21:00  Angliya —  Slovakiya

23:59  Ispaniya —  Gruziya

1 iyul, dushanba

21:00  Fransiya —  Belgiya

23:59  Portugaliya —  Sloveniya

2 iyul, seshanba

21:00  Ruminiya —  Niderlandiya

23:59  Avstriya —  Turkiya