Futbol, U-17 Jahon chempionati: O‘smirlarimiz 5 noyabrdan guruh o‘yinlarini boshlaydi
Ertaga, 3 noyabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha navbatdagi U-17 Jahon chempionati start oladi.
Ushbu musobaqada Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ishtirok etadi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu paytgacha U-17 Jahon chempionatida uch marta ishtirok etgan bo‘lib, birinchisi 2011 yilga to‘g‘ri keladi.
O‘sha yil Meksika yashil maydonlarida o‘tkazilgan kichik mundialda futbolchilarimiz guruh o‘yinlarini Yangi Zelandiya, AQSh va Chexiyaga o‘tkazib, 6 ochko to‘plab birinchi o‘rin bilan chiqishgandi. Musobaqaning 1/8 finalida Avstraliya yirik hisobda mag‘lub etilib, chorak finalda Urugvayga mag‘lub bo‘lib qaytganimiz hamon ko‘pchilikning yodida.
O‘smirlar terma jamoamiz 2023 yil Indoneziyada o‘tkazilgan kichik mundialda ham mahoratlarini ko‘rsatdi. Guruhdan chiqib, 1/8 finalda Angliya yoshlar terma jamoasini 2:1 hisobida yengib, chorak finalda ortga qaytganmiz.

Bu yil o‘smirlar terma jamoamizni yosh mutaxassis Islom Ismoilov musobaqaga olib boradi. Uning qo‘l ostida yigitlar Osiyo chempioni bo‘lganidan xabaringiz bor. Yaqinda yakuniy ro‘yxat e’lon qilindi. Jamoamiz musobaqani 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi bahs bilan boshlaydi. 8 noyabr kuni Irlandiya bilan o‘ynaymiz hamda oxirgi turni 11 noyabrda Panamaga qarshi o‘tkazamiz.
Kichik mundial 27 noyabrgacha davom etadi.