FVB: so‘nggi kunlardagi yog‘ingarchiliklar davomida Samarqand shahrida yashovchi fuqarolardan o‘ndan ortiq murojaatlar kelib tushgan
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, keyingi kunlarda yoqqan kuchli yomg‘irlar ortidan asosan Samarqand shahri, Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarida suv toshish holatlari kuzatilmoqda.
Suv toshqinlari asosan, suv yo‘llariga yomg‘ir suvlari sig‘may toshib chiqishi, kuchli yog‘ingarchilikka quvurlar sig‘imi dosh bermay qolishi, ayrim hududlarda ariq va lotoklarda uyulgan chiqindilar oqibatida yuzaga kelgan. Shahar miqyosida so‘nggi kunlarda FVBga aholidan o‘ndan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Aholi o‘rtasida jabrlanish, binolar zararlanishi holatlari qayd etilmadi, deyiladi boshqarma xabarida.