FVV: Kongo-qirim gemmorogik isitmasidan saqlaning!
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qonining ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi. Kasallik og‘ir kechadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati nohush tugashi mumkin.
Bu kabi kasalliklarning oldini olish uchun, qishloq hududlaridagi yakka xo‘jaliklarda chorva mollarini saqlash sharoitini to‘g‘ri tashkil etish va kanalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Hayvon boqiladigan molxona, qo‘ra va qo‘tonlarning tuproqlari, loy qilingan devorlar kana ko‘payishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi. Shu bois, kasallikka qarshi kurashishning samarali usuli kanalar chaqishining oldini olish va ularni yo‘q qilishdan iborat. Kanalarni yo‘q qilish uchun uy hayvonlarining terisi yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadar haftada bir marta xlorli birikmalar bo‘lgan maxsus dezinseksion moddalar bilan ishlovdan o‘tkazilishi lozim.
Shuningdek, tibbiyot vakillari va bemorlarni parvarish qiladigan xodimlar kasallik bilan zararlangan kishilarning yaqinlariga kasallik yuqishiga yo‘l qo‘ymasliklari zarur. Buning uchun ular o‘z faoliyatida doka niqob, rezina qo‘lqop va teri himoya kiyimlaridan (xalat, kostyum, qo‘lqop va h.k.) keng foydalanishlari maqsadga muvofiq.
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining tabiiy o‘choqlari mavjud hududlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat veterinariya qo‘mitasi va boshqa tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda salmoqli chora-tadbirlar tizimli ravishda hayotga tatbiq etilmoqda.
Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi dastlab 1944-yilda Qrimda, 1956-yilda esa Kongo davlatida bir guruh odamlarda uchragan.