Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVV zilzila bo‘yicha tarqalayotgan feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi zilzilalar bo‘yicha yangi murojaat bilan chiqdi.

"Hurmatli hamyurtlar, bugun ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor zilzila ro‘y berishi mumkinligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqalib, uning manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy veb-sayti ko‘rsatilgan.

"7-9 balli zilzila ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxati" FVV tomonidan e’lon qilinmagan.

Aholimizni sarosimaga tushmaslikka va feyk xabarlarga ishonmaslikka chaqirib qolamiz.

Bugungi kunda zilzilaning vaqti va joyini aniq belgilab beruvchi texnologiya yo‘qligini eslatib o‘tamiz", deyiladi murojaatda.