G‘azo sektori Falastin ma’muriyatiga topshiriladi
- 17.02.2025 11:35
- 106
- Xorij

HAMAS harakati G‘azo sektorini Falastin milliy ma’muriyati ixtiyoriga berishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar berdi Sky News Arabia manbalariga tayanib.
HAMAS Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Misr bosimi ostida qabul qilingan qarorini Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbariyatiga yo‘llagan maktubida e’lon qildi, deb yozadi telekanal.
Shu bilan birga, HAMAS talablarini ilgari surdi: ularning har qanday davlat xizmatchisi yangi ma’muriyat tarkibiga kiritilishi kerak va ularga pensiya to‘lovlari kafolatlanishi zarur.
Teglar:
G‘azo sektori