G‘azoda tinchlik o‘rnatilishi kutilmoqda
BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiyasini qabul qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovda ushlab turilganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi taklifga ko‘nishga qaratilgan rezolyusiya loyihasini BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo 14 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan. Rossiya ovoz bermadi va unga veto qo‘ymadi.
Reja uch bosqichdan iborat. Uning birinchi bosqichida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish, Isroilda hibsda ushlab turilgan falastinliklar evaziga HAMAS tomonidan garovda ushlab turilganlardan tiriklarni ozod qilish, o‘lganlarining jasadlarini berish nazarda tutilgan, deb yozadi BBC News. Ikkinchi bosqichda esa Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektorini to‘liq tark etishlari, shuningdek “jangovar harakatlarning doimiy asosda to‘xtatilishi” ko‘zlangan. Uchinchi bosqichda AQSh va xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlashi bilan mintaqani keng ko‘lamli qayta tiklash rejasi boshlab beriladi.
BMT Xavfsizlik Kengashining qarori qabul qilinganidan ko‘p o‘tmasdan HAMAS rezolyusiyaning ma’qullanishini olqishlashini e’lon qildi. Guruh o‘t ochishni to‘xtatish rejasini bajarishga kirishishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda, deya qayd etgan The Guardian. Nashrga ko‘ra, garchi rezolyusiya Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan bo‘lsa-da, Isroil bosh vaziri avvalroq bu borada tanqidiy chiqishlar qilgan edi. Xususan, u "HAMASning harbiy salohiyati to‘liq yo‘q qilinmagunga qadar uzoq muddatli o‘t ochishni to‘g‘risidagi har qanday qaror istiqbolsiz", deb atagan edi.