Tramp G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilmoqchi

Isroil matbuoti AQSh prezidenti Donald Tramp 7 iyul, dushanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishini xabar qildi.

Isroilning «Yedioth Ahronoth» gazetasi Isroil rasmiylari ma’lumotlariga asoslanib, Isroil HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda. Isroil rasmiylarining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Tramp ham "Netanyaxu bilan uchrashuvda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qilish niyatida".
Xabarda aytilishicha, HAMAS bu taklifga rozi bo‘lishi haqida signallar bergan, kelishuv masalasida oldinga siljish aytilayotgan bo‘lsa-da, falastinlik mahbuslarni ozod qilish va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralarning qiyin jarayoni kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Isroil HAMASning javobidan so‘ng muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, Tramp esa kelishuvga erishish uchun Qatar orqali HAMASga bosim o‘tkazayotgani aytilmoqda.