Germaniya sharqida turistik avtobus halokatga uchradi
- 31.07.2021 09:37
- 32
- Xorij

Germaniya sharqida sayyohlik avtobusi bilan ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi tan jarohati oldi, to‘qqiz kishining ahvoli og‘ir, deya xabar berdi N24 telekanali.
"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 17 yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, kamida 17 kishi turli jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishining ahvoli og‘ir. Avariya sabablari o‘rganilmoqda», dedi politsiya vakili.
Avvalroq, RBB telekanali Germaniya sharqida sayyohlik avtobusi avariyasida 18 nafar jabrlanganlar haqida xabar bergan edi. Avtohalokat yuz bergan Avtoban A13 ikki tomonlama yopilgan, to‘rtta qutqaruv vertolyoti ishlamoqda, deya xabar berdi telekanal.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim