Gigant asteroidlar 3 va 4 dekabr kunlari Yerga eng yaqin masofaga keladi
Ushbu samoviy jismlarning har birining uzunligi taxminan 400 metrni tashkil qiladi. Sayyoramizdan birining orasi taxminan 5,5 million kilometr, ikkinchisi 2 million kilometrdan ko‘proq masofada.
Amo gap shundaki, NASA mutaxassislarining ogohlantirishicha, diametri 140 metrdan ortiq, Yerga 7,5 million kilometrdan ziyod masofada yaqinlashgan asteroidlar potensial xavfli deb tasniflanadi. Agar ularning orbita yo‘nalishi o‘zgarsa yoki ular boshqa jismlar bilan to‘qnashib, trayektoriyasini o‘zgartirsa, to‘qnashuv xavfi ortishi mumkin.