Giyohvandlikka qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot tadbirlari sifatli tashkil etilyaptimi?

Samarqand shahridagi yoshlar markazida 26 iyun – “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur sana munosabati bilan targ‘ibot oyligi e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tadbirda qilinishi lozim bo‘lgan tashviqot ishlari tahlil qilindi.
Viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, OITS, narkologiya markazlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari va yoshlar ishtirok etgan tadbir davomida giyohvandlik va uning zararli oqibatlarini o‘zida aks ettirgan hujjatli film namoyish qilindi.