Gonkong televideniyesi O‘zbekistonda, ular Samarqandga ham keladi
Osiyoning eng taraqqiy etgan hududlaridan biri sanaladigan Gonkong televideniyesi ijodiy guruhi O‘zbekistonga keldi. Tashrifdan asosiy maqsad - milliy iftixorimiz va g‘ururimiz bo‘lgan Kurash haqida film yaratish. Ayni jarayon O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Gonkonglik jurnalistlar Toshkentga kelib terma jamoamizning mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishishdi va Kurash Xalqaro assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari janob Komil Yusupovdan intervyu olishdi.
Gonkong televideniyesi ijodiy guruhi mamlakatimizga tashrifi davomida Buxoroda o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Hazrat Bahouddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro turnirni ham tasvirga olishadi.
Shuningdek, Samarqand shahrida ham bo‘lib , shaharning diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy obidalarini tasvirga muhrlashadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi matbuot xizmati.