Samarqandda Fransiya televideniyesi uchun keng ko‘lamli realiti-shou tasvirga olinmoqda

Joriy yilning 10-11 sentyabr kunlari Samarqandda Fransiya televideniyesi uchun keng ko‘lamli realiti-shou suratga olish ishlari olib borilmoqda.

Loyiha Belgiyaning "Eccholine" kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi, shou dasturi orqali Samarqandning sayyohlik salohiyatini ochib beradigan suratga olish ishlarini olib borish, shuningdek, madaniy-tarixiy merosni xalqaro darajada tanitishdan iborat.

Suratga olish ishlari Registon maydoni hamda Samarqandning qadimiy-tarixiy qismida amalga oshiriladi.

Mazkur shou yirik auditoriyaga ega. Shou bir necha jamoalarning sayohati orqali ma’lum bir mamlakat madaniyatini yoritishga qaratilgan va millionlab fransuz tomoshabinlari uni katta qiziqish bilan tomosha qiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, fransuz televideniyesida realiti-shou premerasi namoyishi 2022 yil bahorida bo‘lib o‘tadi.

Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati.