Go‘zallik salonidagi janjalda uch nafar qiz tan jarohati oldi

Qiziriq markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan “Shadozi” nomli go‘zallik saloni binosida ushbu salonda ishlovchi 37 yoshli Zulfiya Sh., 22 yoshli Parinoz N., 20 yoshli Sarvinoz A., 17 yoshli Sohiba T.lar hamda ushbu go‘zallik saloni yonida joylashgan “Diana” go‘zallik saloni ishchisi, 39 yoshli Matluba M. va uning qizi 18 yoshli Shaxzodabonu N. o‘zaro janjallashishi oqibatida Parinoz N., Sarvinoz A. va Sohiba T. turli darajada tan jarohatlari olaganliklari aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ular “yengil” tan jarohati olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan fuqaro Matluba M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.