Gvineya hukumati ebola epidemiyasini e’lon qildi
Gvineyaning janubi-sharqida ebola kasalligi qayd etildi. Gveniya sog‘liqni saqlash vaziri raisligida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda bezgak tarqalishiga qarshi kurashish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirishga qaror qilindi. Bunga kasallarni aniqlash va ular bilan aloqada bo‘lgan barcha odamlarni ajratish kiradi.
"Bizda ebola virusini yuqtirish bo‘yicha yetti holat mavjud. Bular to‘rt erkak va uch ayol. Uch kishi vafot etdi. Uch kishi izolyasiya qilingan. Bitta bemor Kanakrida. Ikki kishi Nzerekorda", deya ma’lumot berdi Sanitariya xavfsizligi agentligi rahbari Sakoba Keyta.
Gvineya sanitariya ma’muriyatining ta’kidlashicha, ebola gemorragik isitmasi bilan kasallangan birinchi holat Guyeke shahrida 28 yanvarda vafot etgan hamshirada bo‘lgan. Ayol 1 fevral kuni dafn etilgan edi. Agentlik rahbarining ta’kidlashicha, "Vidolashuv marosimidan bir-ikki kun o‘tgach, bir nechta kishida kasallik alomatlari sezila boshlandi: diareya, qusish, qon ketish va isitma. Virusga olingan birinchi testlar 12 fevralda tasdiqlandi".
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Gvineyaga yordam berish uchun zudlik bilan mavjud resurslardan foydalanishi haqida e’lon qildi.
2014-2016 yillarda Gvineya G‘arbiy Afrikada ebola epidemiyasining markazlaridan biriga aylangan edi. O‘shanda qit’aning ushbu qismida 11 mingdan ortiq odam vafot etgan. 28 mingdan ortig‘i kasallikni yuqtirgan.