Kanadada noma’lum kasallik epidemiyasi qayd etildi
Kanadaning Nyu-Brunsuik provinsiyasida noma’lum kasallik epidemiyasi aniqlandi, deb yozadi The New York Times.
Nevrolog Nil Keshmanning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarga tez rivojlanayotgan aqliy zaiflik va psixika buzilishi tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, ular bemorlar ta’riflaganlaridek, miya va umurtqa tanani boshqarish qobiliyatini yo‘qotgandek namoyon bo‘lgan.
"Odamlar xavotirda. Bu ekologiya bilan bog‘liqmi yoki irsiyat? Balki sifatsiz go‘sht yoki baliq iste’moli kasallikka olib kelgandir? Barcha ushbu savollarga javob kutmoqda", dedi epidemiya avj olgan Ayvon Godin shahri meri.
Kasallik ilk bor 2015 yilda qayd etilgan va shundan buyon xastalanganlarning umumiy soni 48 nafarga yetgan, jumladan, olti kishi halok bo‘lgan. Semptomlardan mutaxassislar uyqusizlik, harakat funksiyalarining buzilishi, xotirani yo‘qotish, charchoq va gallyusinatsiya deb ko‘rsatishdi. Ammo shifokorlar aniq tashxisni aniqlay olishmayapti.