Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

JSST: Bu yil vabo epidemiyasi avj olgan mamlakatlar soni 31 taga yetdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon 31 mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi.

“Ko‘rsatkichlar yil sayin oshib borayotgani xavotirli, - deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Masalan, o‘tgan yili vaboga chalinish holatlari 2021 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paygan edi. Bu yil esa vaziyat yanada yomon.”

Hozir epidemiya o‘choqlarining katta qismi Afrika mamlakatlari hududiga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro ekspertlarning prognoz qilishicha, kelgusida yillik kasallanishlar soni 1,3 milliondan 4 millionga yetishi mumkin. Bu esa 143 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lishi taxmin qilinyapti.