AQSh Meksika va Kanada bilan chegaralari ochdi: mamlakat yana 30 dan ortiq davlat sayohatchilari uchun "ochildi"

Qo‘shma Shtatlar bugun, 8 noyabrdan boshlab 30 dan ortiq davlat emlangan sayohatchilari uchun o‘z chegaralarini ochdi.

Chet ellik sayohatchilar JSST tomonidan tan olingan to‘liq emlanganlik to‘g‘risida hujjat taqdim etishlari kerak.

Shuningdek, sayohatchilar safardan keyin uch kun ichida koronavirus testining salbiy natijasini olish va aloqa ma’lumotlarini taqdim etishi zarur. Izolyasiyada karantin o‘tish shart emas.

AQShning Kanada va Meksika bilan quruqlikdagi chegaralari ham ochiladi.

Mamlakatga kirish 2020 yil boshida taqiqlangan bo‘lib, 20 oy davom etdi.

Avvalroq Isroil va Tailand sayyohlar uchun o‘z chegaralarini ochayotgani ma’lum qilingandi.