Hindistonda "qora mog‘or" bilan kasallanganlar soni 40 mingdan oshdi
Hindistonda 40,8 mingta "qora mog‘or" kasalligi aniqlandi, 3 mingdan ortiq kishi vafot etdi, dedi Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan.
"Zamburug‘li infeksiyadan o‘lim darajasi 3 129 holatni tashkil etdi, jami 40 ming 845 kasallanish holati qayd etildi, shundan 31 ming 344 kishida burun, burun pridatok bo‘shlig‘i, miya qismlari zararlangan", dedi u brifing davomida.
Shu bilan birga, zamburug‘ qayd etilgan 32 foiz bemorlar 18-45 yoshga to‘g‘ri keladi. 45-60 yoshli bemorlar 42 foiz, undan kattalar 24 foizni tashkil etadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari bemorlarning 64 foizi qandli diabetga chalingan, 53 foizi esa steroid (yallig‘lanishga qarshi) vositalar qabul qilganini ta’kidladi.
Mukormikoz yoki «qora mog‘or» – zamburug‘li infeksiya asoratidir. Kasallik atrof-muhitdagi zamburug‘li sporalar bilan aloqada bo‘lganda yoki jarohatlangan teridan kirganda rivojlanishi mumkin. Kasallik diabet bilan og‘riganlarga, shuningdek kasallikdan keyin, xususan, koronavirus bilan kasallangach, immuniteti pasayganlarga xavf tug‘diradi.
G.Xoldorova tayyorladi.