"Qora mog‘or" tarqalishi fonida hindlar ko‘zidan judo bo‘lmoqda

Hindistonning g‘arbiy qismida "qora mog‘or" yoki mukormikoz yuqtirgan minglab odamlarning bir yoki ikkala ko‘z olib tashlanyapti, deb yozadi Daily Star.

Zamburug‘ immuniteti zaif bo‘lganlar uchun o‘ta xavfli, deyiladi gazetada.

Mamlakatda 8,8 mingdan ortiq «qora mog‘or» kasalligi aniqlangan, deya xabar beradi RIA Novosti mamlakat kimyo sanoati vaziri Sadananda Govda ma’lumotiga asoslanib.

Sporalar nafas orqali burun yo‘li va o‘pkani shikastlaydi, so‘ngra ko‘pincha yuqtirgan odamning yuzida o‘zini namoyon qiladi.

Birinchi bosqichda bunday odamlarda faqat tumov, yuz karaxtlashishi, ko‘z shishishi kuzatiladi. Natijada zumburug‘ni yuqtirgan bemorlarning taxminan 60 foizi bir yoki ikkala ko‘zini yo‘qotadi.

"Agar biz barcha to‘qima va asab tolalarini qovoqlar bilan birga olib tashlamasak, infeksiya miyaga kirib borishi mumkin", dedi doktor Akshay Nair bunday operatsiyalar zarurligiga ishora qilib.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, "qora mog‘or" COVID-19 ni ommaviy davolashdan so‘ng tez tarqala boshladi. Chunki virusga qarshi immunitetni bostirishi va zamburug‘ga yo‘l ochishi mumkin bo‘lgan steroidlar orqali kurashiladi.