HAMAS vositachilar bilan muzokaralarni rad etdi. Zelenskiy saylovlar qachon o‘tkazilishini aytdi. Tadqiqot: smartfonsiz 2 hafta miyani 10 yilga yoshartiradi

🔹 HAMAS harakati Isroil 22 fevral kuni ozod etilishi kerak bo‘lgan mahbuslarni ozod qilmaguncha vositachilar bilan muzokara qilishdan bosh tortdi. Avvalroq HAMAS Isroil muzokaralari ishtirokchilaridan 600 dan ortiq falastinliklar ozod etilishi uchun Isroilga ta’sir o‘tkazishga chaqirgan.
🔹 Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning Turkiyadagi asosiy bayonotlari: Rossiya Ukraina bilan ham, Yevropa bilan ham muzokaralar olib borishga tayyor, ammo natija Moskvani qoniqtirsagina, jangovar harakatlar to‘xtaydi. Ar-Riyoddagi uchrashuv AQSh bilan normal muloqotga umid baxsh etdi. Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi to‘g‘risida "temir" kelishuv bo‘lishi kerak.
🔹 Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy matbuot anjumanida prezidentlik saylovlari harbiy holat bekor qilingandan keyin o‘tkazilishini aytdi. Avvalroq Zelenskiy Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu Ukrainaning NATOga qo‘shilishi evaziga bo‘lishi mumkin.
🔹 Turkiya sudi rossiyalik ayolni Antaliya aeroporti hojatxonasida tug‘ib, chaqaloqni unitazga tashlaganligi uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
🔹 Avstraliya va Yangi Zelandiya Rossiyaga qarshi eng yirik sanksiyalar paketini kiritdi. Buyuk Britaniya ham uch yillik mojaroda eng yirik sanksiyalarni e’lon qildi. Bularga Rossiya banklarining SWIFT to‘lov tizimidan uzilishi, OAVga taqiq va boshqalar kiradi.
🔹 Bugun jahon yetakchilari Kiyevga yetib keldi. Ular orasida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Litva va Latviya prezidentlari Gitanas Nauseda va Edgars Rinkevich, Estoniya va Ispaniya bosh vazirlari, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen va Yevropa kengashi vakili Antonio Kosta bor. Uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalalari ko‘tariladi.
🔹 Marselda Rossiya konsulligi binosi yaqinida portlash yuz berdi. Insonlar jabrlanmagan.
🔹 Xitoylik astronavtlar stansiyada ilk bor quvur robotini sinovdan o‘tkazdi. Murakkab quvur liniyalarining simulyasiya qilingan tarmog‘ida apparatning ishlashini sinab ko‘rilgan. Robot turli diametrli tekis, kavisli va konussimon quvurlar orqali silliq va ishonchli harakat qilgan.
🔹 Tajriba shuni ko‘rsatdiki, mobil internetdan voz kechish organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinov ishtirokchilari bor-yo‘g‘i 14 kun telefonsiz yashagan. Natijada ularning ruhiy salomatligi yaxshilangan, harakat va yuzma-yuz muloqot oshishi ortidan umumiy ahvoli yaxshilangan. Go‘yo miya 10 yoshga yashargandek kognitiv qobiliyatlar ortgan.
G.Xoldorova tayyorladi.