Hamkorlik huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qiladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi M.Tojiboyev, viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Fafurova va boshqalar jinoyatchilikning, huquqbuzarliklarning oldini olish, mahalla institutining imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarurligi haqida so‘z yuritdi.
Ochiq muloqot yakunida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashlari o‘rtasida aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha "Hamkorlik kelishuvi" imzolandi.
A.XUDOYBERDIYeV.