Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
- 22.06.2023 10:20
- 159
- Salomatlik

“Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yildan yillik tibbiy ko‘riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o‘tkazish dasturlari joriy etiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:
➖Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;
➖tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari;
Shuningdek, quyidagilar joriy etiladi:
➖tibbiyot OTMda o‘qish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
➖texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Grenlandiya: Yer larzaga kelgan kun
- Kecha, 17:17
- O'qing, qiziq!
Oila – ma’naviyat va insonparvarlik maskani
- Kecha, 17:12
- Samarqand