Xalqaro hamshiralar kuni qachondan buyon bayram qilinadi?
12 may - hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tug‘ilgan kunda dunyo hamshiralari o‘z kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.
Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro kengashga tegishli. Bu Avstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishni qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti bo‘ldi.
Kengash har yili Xalqaro hamshiralar kuni shiorini belgilaydi. Ushbu shior ostida ko‘plab mamlakatlarda konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Bu yil u "Hamshiralar: lider ovozi" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Bunga "Kelajakda sog‘liqni saqlash obrazi" sub-mavzu bo‘lib xizmat qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasi sog‘liqni saqlash tizimlari, sog‘liqni saqlash xodimlariga misli ko‘rilmagan og‘ir yukni tashladi. Bunda hamshiralar o‘rni ham beqiyos bo‘ldi, ular pandemiyada bevosita ishtiroki, o‘z tajribasi va kasbiy mahorati, insoniylik fazilatlari va qat’iyatlarini yana bir bor namoyon etishdi.
2021 yilda Xalqaro hamshiralar kengashi hamshiralik ishidagi tub o‘zgarishlar, innovatsiya hamda kichik tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratishni taklif qildi. Xalqaro hamshiralar kengashida ta’kidlanishicha, hamshiralar muhim tibbiy kasb sifatida sog‘liqni saqlash kelajagini rejalashtirishda ajralmas rol o‘ynashi kerak.