Harbiylar Nuroboddagi chekka qishloqlarda yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar oldi

Bugun, 23 aprel kuni Markaziy harbiy okrugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” poligonidagi harbiy qism tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi chekka qishloqlarda yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolar xolidan xabar oldi.
– Sinovli kunlarda harbiy qism jamoasi tomonidan xayriya mablag‘i yig‘ilib, imkoniyati cheklangan oilalarga moddiy ko‘mak berishni maqsad qildik. Shu bilan birga aholi xonadonlarida dezinfeksiya ishlari ham olib borildi. Tadbir davomida fuqarolarning tana harorati tekshirilmoqda. Bu kabi ezgu ishlar, albatta o‘zining ijobiy samarasini beradi, – deydi mayor Akbar Rasulov.
Bundan tashqari, qishloqdagi kam ta’minlangan oilalarga tibbiy himoya vositalari va niqoblar tarqatildi.
Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.