Harbiylar yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldi

Samarqand shahridagi harbiy qismda yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan bir guruh faol harbiylarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zolik guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni topshirildi.

Ofitserlar, shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant va oddiy askarlar ishtirok etgan tadbirda harbiy qism boshlig‘i A.Zemiskov, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bosh mutaxassisi J.Tursunboyevlar harbiylarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lganligi bilan tabrikladi. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglab yetishi harbiy xizmatchilar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so‘z yuritdi.

Shuhrat UMBAROV.