Hasad, g‘azab kimda bo‘lsa, shunga tegishli
Keksa va dono samurayning bir guruh shogirdlari bo‘lib, ularga donolik hamda jang san’atlarini o‘rgatar edi. Bir kuni dars paytida uning oldiga odobsizligi, shafqatsizligi bilan mashhur yosh jangchi keldi.
Donishmandning shogirdlariga o‘tayotgan mashg‘ulotlarining birida xonaga surbet jangchilardan biri kirib keldi. Uning maqsadi haqorat qilish orqali dushmanini jangga chorlash, raqibining g‘azabidan, xatoga yo‘l qo‘yishidan foydalanib, jangda g‘olib bo‘lish edi.
Surbet jangchi tinmay haqorat qildi va samurayning javobini kuzata boshladi. Ammo samuray donishmand xotirjamlik bilan darsini davom ettirdi. Samuray munosabat bildirmagach, surbet jangchining o‘zi g‘azablanib, nari ketdi.
Voqeani diqqat va qiziqish bilan kuzatib turgan qiziqqon talabalarning biri chiday olmadi:
- Ustoz, nega uning hujumlariga chidadingiz? Jangga chaqirish kerak edi!
Dono samuray javob berdi:
- Agar kimdir sizga sovg‘a olib kelsa, siz uni qabul qilmasangiz, sovg‘a kimga tegishli bo‘ladi?
- O‘z egasiga, - deb javob berdi talabalar.
- Xuddi shu narsa hasad, nafrat va haqorat uchun ham amal qiladi. Siz ularni qabul qilmaguningizcha, ular olib kelgan kishiga tegishlidir.
G.XOLDOROVA tayyorladi.